AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi

'Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Prezidenti bilan telefon orqali muloqot qildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 28 oktyabr kuni Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat avvalida davlatimiz rahbari Qarag`andi viloyatidagi konda ro`y bergan avariyaning fojiali oqibatlari munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi.

Kon ichida qolayotgan konchilar tez fursatda qutqarilishiga umid bildirildi, hodisa oqibatlarini bartaraf etishda mamlakatimiz zarur ko`makni ko`rsatishga tayyorligi ta`kidlandi.

Ikki tomonlama va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.

    Boshqa yangiliklar