AsosiyJamiyat

Saida Mirziyoeva Xitoy madaniyat va turizm vaziri bilan uchrashdi

'Saida Mirziyoeva Xitoy madaniyat va turizm vaziri bilan uchrashdi'ning rasmi

Bugun Saida Mirziyoeva Xitoy madaniyat va turizm vaziri Xu Xepin boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi delegasiyasi bilan uchrashuv o`tkazdi. 

Bu haqda u o`zining Telegramdagi kanalida ma`lum qildi.

Ma`lum qilinishicha, muloqot davomida O`zbekiston—Xitoy munosabatlarini madaniy-gumanitar va turizm sohalarida yanada chuqurlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashilgan.

“Xususan, O`zbekiston va Xitoyda turli madaniy tadbirlarni tashkil etish, shuningdek, qadimiy madaniy meros obidalarini asrab-avaylash bo`yicha rejalashtirilgan qo`shma loyihalarning amalga oshirilishini atroflicha muhokama qildik”, deb yozadi Saida Mirziyoeva.

    Boshqa yangiliklar