Sant-Peterburgning Krasnogvardeyskiy tumanidagi qurilish maydonchasida uch kishi vafot etgan. Santkt-Peterburg prokuraturasi ularning o`limi sabablarini aniqlagan. Qayd etilishicha, voqea 27 oktyabr kuni soat 15:00 atrofida Shafirovskiy prospiktida krematory yaqinida sodir bo`lgan, deya yozmoqda Zamon.uz.
Mazkur hududda ekskavator yordamida uzunligi 20 metr va chuqurligi to`rt metr bo`lgan drenaj quvurlari uchun xandaq yotqizilgan. So`ng, uch nafar ishchi qolgan ishni qo`lda bajarishda davom etgan. Shu vaqtda xandaqning bir tomon devori qulagan va ishchilar tuproq ostida qolib ketgan.
Qutqaruvchilar voqea joyiga etib kelgunga qadar, ishchilarning jasadi tuproq ostidan olib chiqilgan. Ma`lumot berilishicha, halok bo`lgan o`zbekistonliklarning biri 33, biri 43 yoshda bo`lgan. Uchinchi ishchining esa yoshi aniqlanmoqda.
Hozirda Krasnogvardeyskiy tumani prokuraturasi ishchilarning o`limi yuzasidan tergov ishlarini olib bormoqda.






