AsosiyDunyo

Misrda sodir bo`lgan YTHda 28 kishi halok bo`ldi (video)

'Misrda sodir bo`lgan YTHda 28 kishi halok bo`ldi (video)'ning rasmi

Misrning Qohira va Iskandariya yo`lida yirik YTH sodir bo`lib, kamida 28 kishi halok bo`ldi, deb xabar berdi 28 oktyabr kuni mahalliy Al Qabas nashri.

Hodisaga, dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, yo`lovchilarni olib ketayotgan avtobusda moy sizib chiqishi sabab bo`lgan. Bu yo`lda ko`p avtomashinalar to`qnashuviga sabab bo`lgan, ularning ba`zilari yonib ketgan.

Misr Sog`liqni saqlash vazirligi 45 nafar fuqaro jarohatlanganini ma`lum qildi. Ular shifoxonalarga olib ketilgan.

Hodisa joyiga 20 tez yordam mashinasi jo`natildi.

    Boshqa yangiliklar