O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaevga Qarag`andi viloyatidagi Kostenko nomidagi konda ro`y bergan portlash oqibatida insonlar halok bo`lgani va jarohat olgani munosabati bilan hamdardlik yo`lladi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Davlatimiz rahbari kon ichida qolayotgan konchilar tez fursatda qutqarilishiga umid bildirdi.






