Tatariston raisi Rustam Minnixonov "Yalla" guruhining badiiy rahbari, o`zbek estrada xonandasi Farrux Zokirovga Tatariston Respublikasi xalq artisti faxriy unvonining ko`krak nishonini topshirdi.
Uchrashuv Tatariston Respublikasi hukumat uyida bo`lib o`tgan. Rustam Minnixonov Osiyo va Sharq mamlakatlari bilan do`stlik aloqalarini mustahkamlash ustuvor vazifalardan biri ekani va Tatariston bu jarayonni osonlashtirishga harakat qilayotganini aytib o`tgan. Shuningdek, u Farrux Zokirovga musiqa san`ati rivojiga qo`shgan hissasi, milliy madaniyatlar festivaliga e`tibori uchun minnatdorlik bildirgan.
Ma`lumot uchun, "Yalla" jamoa Tataristonga "Rossiya-Sharq" (“Qozondagi Sharq bozori”) xalqaro milliy madaniyat festivalida ishtirok etish uchun kelgan.






