Qozog`istonning Qarag`anda viloyatidagi Kostenko konida portlash yuz berdi. Voqea sodir bo`lgan paytda konda 252 kishi bo`lgan.
Qozog`iston prezidenti Qasim To`qaev fojia sodir bo`lgan shaxtaga borib, avariya holatlariga oydinlik kiritish va tegishli choralarni ko`rish uchun Qarag`andaga tashrif buyurdi.
Prezident fojiada halok bo`lgan konchilarning oila a`zolari va yaqinlari bilan uchrashib, hamdardlik bildirdi.
Ularga tegishli yordam ko`rsatiladi.
Qozog`iston FVV so`nggi ma`lumotlariga ko`ra, shaxtada 32 kishining jasadi topilgan, 14 nafar konchini qidirish ishlari davom etmoqda.
Qutqaruvchilar voqea joyida ishlashni davom ettirmoqda.






