Oliy Majlis Senatining qirq oltinchi yalpi majlisida Oliy Majlisining Bola huquqlari bo`yicha vakilini (Bolalar ombudsmanini) saylash to`g`risidagi masalasi ko`rib chiqildi. Bu haqda Senat Matbuot xizmati ma`lum qildi.
Senat tomonidan Raxmonova Surayyo Maxmudovnani Oliy Majlisning Bola huquqlari bo`yicha vakili (Bolalar ombudsmani) lavozimiga saylash to`g`risida qaror qabul qilindi.
Eslatib o`tamiz, S. Raxmonova 1-darajali adliya maslahatchisi, yuridik fanlar doktori, professor. U uzoq yillar mobaynida yuridik oliy ta`lim tashkilotlarida, shuningdek, sud va prokuratura organlari tizimida foliyat ko`rsatib kelgan.






