G`azo sektorining blokadasi 2 milliondan ortiq odamni, aksariyati ayollar va bolalarni jamoaviy jazoga aylantiradi.
Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam va ishlar bo`yicha agentligi bosh komissari Filipp Lazarini ma`lum qildi.
“G`azoliklar nafaqat portlashlar va hujumlardan o`lmoqda, balki G`azo sektori blokadasi oqibatlari tufayli ko`plar tez orada halok bo`ladi”, — dedi u.
Uning aytishicha, eksklavda asosiy xizmatlar ko`rsatish to`xtatilgan, dori-darmon, oziq-ovqat va suv tugaydi.
Uning so`zlariga ko`ra, shu hafta boshlangan gumanitar yuk mashinalarining G`azoga kirishi "2 million odam uchun vaziyatni o`zgartirmaydi, garchi bu tashabbus ular uchun umid uchqunidir".
"G`azoni HAMAS bilan tenglashtirish juda xavfli va xato formula. Bu formula G`azo xalqini g`ayriinsoniy qilib ko`rsatish orqali adolasizlikni qonuniylashtirishni maqsad qilgan”, dedi u.






