AsosiyJamiyat

Surxondaryolik sobiq deputat  Shoberdi Suyunov "Tolibon"dan Termizga snaryad tashlashni so`radi (video)

'Surxondaryolik sobiq deputat  Shoberdi Suyunov "Tolibon"dan Termizga snaryad tashlashni so`radi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryolik sobiq deputat  Shoberdi Suyunovning "Tolibon"dan Termizga snaryad tashlashni so`ragan videosi tarqaldi. 

Men bugun Xudodan so`rab, daryoning narigi betida tolibon tog`alar tayyor turibdi O`zbekistonga kiramiz deb, shulardan iltimos qilaman. 

O`tgan safar 5 ta snaryad otdi bizga, Termizga, hammasi pustoy snaryad. Bu safar iltimos qilaman, tolibonjon, haqiqiy snaryaddan 5 ta Termizga otishingni so`rayman. 

Birovini viloyat prokuraturasining ustiga tashlang. Birovini viloyat hokimining uyiga tashlang. Birovini viloyat hokimiyatiga tashlang. Undan keyin bittasini viloyat sudining haligi, idorasiga tashlang, jinoiy ishlar bo`yicha sudining. Bitta qolmasdan yo`q bo`lib ketsin, - deydi sobiq deputat Shoberdi Suyunov.

 

    Boshqa yangiliklar