AsosiyJamiyat

O`zbekistonliklar bandlik bo`limlariga ish qidirish uchun emas nafaqa tayinlash uchun murojaat qilishmoqda. Sababi...

'O`zbekistonliklar bandlik bo`limlariga ish qidirish uchun emas nafaqa tayinlash uchun murojaat qilishmoqda. Sababi...'ning rasmi

Ish o`rinlari tashkil etilishini rag`batlantirish va aholi bandligiga ko`maklashish, ishsiz shaxslarni moddiy jihatdan qo`llab-quvvatlash va ijtimoiy himoya qilish, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirishga ko`maklashish maksadida bir kator imkoniyatlar yaratilmokda.

Jumladan, amaldagi tartib bo`yicha ish bilan band bo`lmagan fuqaro bandlik organiga maslahat olish uchun yoki ish ishlovchi sifatida ro`yxatdan o`tish uchun murojaat qilishi lozim. Bunda, kam ta`minlanganlik toifasidan chiqish maqsadida ish bilan ta`minlanishga xarakatini inobatga olib, ushbu fuqarodan rasmiy bandlik talab etilmaydi.

Lekin, amaliyotda fuqarolar ushbu imtiyozdan boshqa maqsadlarda foydalanib kelmoqda. Ya`ni, aksariyat fuqarolar faqatgina nafaqa tayinlanishi uchun bandlik organiga murojaat qilib, nafaqa tayinlangandan so`ng bandlik organiga ish izlab qaytib murojaat qilmagan.

Bir so`z bilan aytganda fuqarolar bandlik organiga “ish qidirib emas, nafaqa tayinlash uchun murojaat qilmoqda” degan xulosaga kelish mumkin.  

Achinarlisi, norasmiy daromad olayotgan fuqarolar ham bandlik bo`limiga “maslahat olish” uchun murojaat qilib, bolalar nafaqasi olish holatlari mavjud. Bu esa, daromadini rasmiylashtirgan bolalar nafaqasi olmaydigan oilalarning e`tirozlariga sabab bo`lmoqda.  

Mazkur vaziyatni o`zgartirish maksadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoya yagona reestri axborot tizimi orqali kam ta`minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo`yicha elektron ko`rinishda ariza berishni joriy etish to`g`risida”gi qarori qabul qilinyapti.  

Kiritilayotgan o`zgartirishlarga ko`ra ish izlab (xususan, aholi bandligi masalalari bo`yicha maslahat olish uchun) mehnat organlariga murojaat qilganligi sababli rasmiy bandlik talab etilmasdan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlangan oila a`zosi bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlangan oydan boshlab 3 oy davomida mehnat organi orqali kasbga tayyorlash, malaka oshirish, qayta tayyorlash o`quv kurslarida o`qimasa, markazda ish izlovchi yoki ishsiz sifatida ro`yxatga olinmasa, ishga joylashmasa, yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanuvchi va o`zini o`zi band qilgan fuqarolar ro`yxatiga kirmasa yoki mehnat organlarining maqbul keladigan ishga doir takliflarini muntazam ravishda (ikki va undan ortiq marotaba) rad qilgan bo`lsa keyingi oydan bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam to`lovi to`xtatiladi.

    Boshqa yangiliklar