Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi ko`chalarning birida Hyundai avtomashinasi orqaga harakatlanayotgan vaqtda yuqori tezlikda harakatlanib kelayotgan elektromobil uning ortidan kelib urilib, yana 4 ta avtomashinaga urilgani aks etgan video tarqaldi.
Holat bo`yicha Toshkent shahar IIBB axborot xizmati ma`lumot berdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, voqea joriy yilning 31 mart kuni soat 01:30 larda Mirobod tumanii Gospitalniy ko`chasida sodir bo`lgan. 53 yoshli ayol Weltmeister elektromobilini boshqarib kelayotib, Hyundai Sonata, Lacetti, Spark, Damas va Vaz-2106 avtomashinalari bilan to`qnashuv sodir etgan.
YTH oqibatida Weltmeister avtomashinasi haydovchisi va uning 57 yoshli yo`lovchisi hamda Hyundai avtoulovi xaydovchisi tan jarohatlari bilan shifoxonaga olib borilgan.






