AsosiyJamiyat

O`zbekistonning Isroildagi elchixonasi o`zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi

'O`zbekistonning Isroildagi elchixonasi o`zbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi'ning rasmi

O`zbekistonning Isroildagi elchixonasi Isroilda bo`lgan fuqarolarga tez va masofadan turib konsullik ro`yxatidan o`tishni so`radi, deya yozmoqda "zamon.uz".

Konsullik ro`yxatidan o`tmagan fuqarolarga murojaat qilib, anketani belgilangan shaklda to`ldirishni so`ragan.

«Ushbu ma`lumot favqulodda vaziyatlarda tez yordam ko`rsatish uchun muhimdir», —  deyiladi elchixona xabarida.

Bundan tashqari, shahar ma`muriyatlari tomonidan evakuasiya va yashash joyidagi o`zgarishlar, favqulodda konsullik va yuridik yordam ko`rsatish ishida o`z vaqtida hisobga olish uchun yangi aloqa ma`lumotlari haqida xabar berish so`ralgan.

Konsullik bo`limining aloqa raqamlari:
03-672-2466
03-672-2371
03-758-5075
03-758-5076
054-485-1397

Avvalroq Isroilda 10 mingga yaqin O`zbekiston fuqarosi istiqomat qilishi va vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug`ullanishi haqida ma`lum qilingandi.

    Boshqa yangiliklar