AsosiyJamiyat

Bugun O`zbekistonning qator hududlarida yomg`ir yog`adi

'Bugun O`zbekistonning qator hududlarida yomg`ir yog`adi'ning rasmi

“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun kunduzi Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Farg`ona vodiysi viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 20-25° iliq bo`ladi.

Poytaxtda vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-24° iliq bo`ladi.

Tog` oldi va tog`li hududlarda yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`lishi mumkin; baland tog`larda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`ladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar