Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi benzin quyish shahobchalarida AI 80 markali benzin yo`qligi, borlarida ham narxlari juda balandligi haqida xabarlar tarqaldi. Ijodiy jamoamiz bilan shu xabarga oydinlik kiritish maqsadida poytaxtdagi bir nechta AYoQShlarda bo`ldik.
Guvohi bo`lganimiz shuki, AI 80 markali benzin xususiy benzin quyish shahobchalarida bir litr uchun 8 ming so`mdan sotilmoqda. Ba`zi zaprovkalarda esa, bir haftadan buyon bu markadagi benzin yo`q.
Biroq "O`zbekneftigaz" AJ tasarrufidagi “UNG Petro” MChJga qarashli AYoQShlarda benzinning bu turi 6 ming 50 so`mdan, hech qanday cheklovlarsiz sotilmoqda.
Ma`lumot uchun aytish mumkinki, bugungi kunda Toshkent shahrida 150 ga yaqin AYoQShlar mavjud bo`lib, shundan "O`zbekneftigaz" AJ tasarrufidagi “UNG Petro” MChJga qarashli AYoQShlar soni 30 tani, ya`ni 20 foizni tashkil etadi.
Xo`sh, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar qanchalik asosli, “UNG Petro” MChJ Bosh muhandisi Alisher Rajapov bunga javob berdi.
Toshkent shahridagi xususiy AYoQShlarda AI80 markali benzin narxi keskin oshib ketgani bois, ko`plab haydovchilar bu benzinni “UNG Petro” MChJga qarashli AYoQShlardan xarid qilishmoqda. Shu sababli ayrim AYoQShlarimizda AI 80 markali benzinimiz 3-4 soatga kechikkan bo`lishi mumkin”, deydi Alisher Rajapov.
Biz shahobchaga kelgan haydovchilarga mikrafon tutib, ulardan benzin taqchilligi haqida so`radik.
O`zbekneftgazga karashli AYoQShlarda 6050 so`m, bo`lsa, nega boshqa xususiy AYoQShlarda AI80 keskin farq bilan 7,5-8 ming so`mdan sotilmoqda? Buni kim nazoratga oladi. Kim javob beradi. Nahot buning jabrini odiiy aholi ko`rib qolaveradi. Tegishli tashkilotlar va mas`ullardan izoh kutib qolamiz?






