AsosiyJamiyat

Shavkat Mirziyoev bir guruh ichki ishlar organlari xodimlarini mukofotladi

'Shavkat Mirziyoev bir guruh ichki ishlar organlari xodimlarini mukofotladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni

Mamlakatimiz ichki ishlar organlaridagi ko`p yillik samarali mehnati, yurtimizda jamoat xavfsizligi, xalqimiz osoyishtaligini ta`minlash, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga qo`shgan katta hissasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish yo`lidagi ibratli faoliyati, sharafli burchini bajarishda mardlik va jasorat namunasini ko`rsatgani, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlansin: 

«Mardlik» ordeni bilan

Isamov Abdulxamid Mirzaevich - Toshkent shahar Yashnobod tumani bo`yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi profilaktika katta inspektori

«Do`stlik» ordeni bilan

Arzuev Jambil Jumabaevich - Qoraqalpog`iston Respublikasi Qo`ng`irot tumani ichki ishlar bo`limi 1-ichki ishlar bo`linmasi boshlig`i

Jumaeva Alyona Shuxratovna - Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ekspert-kriminalistika markazi bosh eksperti

«Jasorat» medali bilan

Asqarov Ulug`bek Umaralievich - Farg`ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi safdor xodimi

Axmedov Farruxjon Bayonovich - Samarqand viloyati Urgut tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari

Niyozov Bekzod Xoliqovich - Toshkent viloyati Chirchiq shahar ichki ishlar boshqarmasi katta tezkor vakili

Raximov To`lqinjon Farxadovich - Toshkent shahar Chilonzor tumani bo`yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi katta tezkor vakili

Suvanov Jamshid Eshpulatovich - O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish koloniyasi boshlig`i

«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan

Asadov Azizbek Karomatovich - Buxoro viloyati Olot tumani ichki ishlar bo`limi profilaktika katta inspektori

Asanov Sabirdjan Jakaevich - Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi patrul-post xizmati otryadi safdor xodimi

Bahromov Bektemir Raxmonovich - Andijon viloyati Qo`rg`ontepa tumani ichki ishlar bo`limi boshlig`i

Qurbonov Farxodjon Raximovich - Farg`ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi tergov boshqarmasi o`ta muhim ishlar bo`yicha tergovchisi

Norqo`zieva Shaxlo Primqulovna - Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani ichki ishlar boshqarmasi probasiya bo`linmasi katta inspektori

Sultanov Anvar Abidxodjaevich - Toshkent viloyati O`rta Chirchiq tumani ichki ishlar bo`limi boshlig`i

Raximov G`ulombek Babaxanovich - Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasi maxsus qabulxona katta nazoratchisi

Shermuxamedov Abdumajid Mavlyanovich - Toshkent shahar Yunusobod tumani bo`yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig`i

Yusupov Abdullo Abduraxmonovich - Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo`l-patrul xizmati inspektori

«Shuhrat» medali bilan

Davranov G`olibjon Isomidinovich - Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo`l-patrul xizmati inspektori

Djabbarov Farxod Axmadovich - Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni safdor xodimi

Ishpulatov Abbos Nurmamatovich - Samarqand viloyati Pastdarg`om tumani ichki ishlar bo`limi 2-ichki ishlar bo`linmasi boshlig`i

Miraxmedov Abror Onarboevich - Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi yo`l-patrul xizmati inspektori

Mo`minov Bo`riqul Yodgorovich - Qashqadaryo viloyati Koson tumani ichki ishlar bo`limi profilaktika katta inspektori

Palimbetov Baxtibay Jangabaevich - Qoraqalpog`iston Respublikasi Chimboy tumani ichki ishlar bo`limi profilaktika katta inspektori

Ryumin Aleksey Aleksandrovich - O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshlig`ining o`rinbosari

Tulanov Abdumuxtor Ruzimatovich - Andijon viloyati Marhamat tumani ichki ishlar bo`limi boshlig`ining o`rinbosari

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti

Sh.Mirziyoev

    Boshqa yangiliklar