AsosiyDunyo

Rossiyada ijaraga olingan uyda o`zbekistonlik 28 yoshli ayolning jasadi topildi

'Rossiyada ijaraga olingan uyda o`zbekistonlik 28 yoshli ayolning jasadi topildi'ning rasmi

Sankt-Peterburgdagi Kosmonavtov prospektidagi ijaraga olingan 37-uyda o`zbekistonlik ayolning jasadi topildi. Bu haqda 78.ru xabar berdi. 

Tashqi zo`ravonlik belgilari bo`lmagan ayol jasadi yotoq ostidagi joyda aniqlangan. Marhuma ikki hafta avval hamyurti bilan ushbu kvartirani ijaraga olgan 28 yoshli O`zbekiston fuqarosi bo`lgan.

Qotillikda gumonlanuvchi 12 oktyabr kuni Pulkovodan Istanbulga uchib ketgan. Erkak qidiruvga berilgan. O`lim sababini aniqlash uchun jasad o`likxonaga yuborilgan. 

Marhuma yaqinda Rossiyada qolish qoidalarini buzgani uchun 5 ming rubl (taxminan 54 dollar) miqdorida jarimaga tortilgan va u mamlakatdan chiqarib yuborilishi kerak edi. Hozirda qotillik bo`yicha jinoiy ish ochilgan, zaruriy ekspertiza tayinlangan, guvohlar so`roq qilinmoqda.

Jasad qanday qilib aniqlagan?Kvartirani ijaraga olgan oila uyga kelganida yoqimsiz hidni sezgan. Shundan so`ng ular xonadagi derazalarni ochib, do`konga ketgan. 23 oktyabrga o`tar kechasi xonada hid kuchaygan.

Taxminan 15:00 da erkak choyshabni almashtirishga qaror qilgan. Bir necha daqiqadan so`ng u rafiqasiga karavot ostida odam oyoqlari chiqib turganini aytgan. Qo`rqib ketgan ijarachilar polisiya va kvartira egasiga qo`ng`iroq qilgan.

    Boshqa yangiliklar