Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O`RQ-871, 23.10.2023 y) bilan ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimcha kiritildi.
“Ijara to`g`risida”gi qonunga kiritilgan qo`shimchaga ko`ra:
Ijara munosabatlarining ob`ektlari bo`yicha huquq va majburiyatlar ijaraga beruvchining roziligi bilan ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o`tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.
Qishloq xo`jaligiga mo`ljallangan er uchastkalari bo`yicha huquq va majburiyatlar faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o`tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.
Ko`chmas mulkka bo`lgan huquq boshqa shaxsga o`tgan taqdirda, ushbu ob`ekt bilan birga mazkur ob`ekt band etgan hamda undan foydalanish uchun zarur bo`lgan er uchastkasi ijarasiga doir huquq va majburiyatlar ham qonunga muvofiq boshqa shaxsga o`tadi, bunda ijaraga beruvchining roziligi talab etilmaydi.
Qonunda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion orqali qishloq xo`jaligiga mo`ljallanmagan er uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy va yuridik shaxslar ijaraga olingan er uchastkalariga nisbatan huquq va majburiyatlarni boshqa shaxsga ijara muddatidan oshmagan muddatga o`tkazishi (qayta ijaraga berishi) mumkin. Bunda ijara shartnomasi bo`yicha huquq va majburiyatlar yangi ijaraga oluvchiga o`tadi.
Shuningdek qonun bilan, Fuqarolik kodeksi va Er kodekslariga servitut to`g`risidagi shartnomaga, servitut ishtirokchilarining huquq va majburiyatlariga, servitutni o`zgartirish va uni bekor qilish, servitut uchun haq to`lash, ommaviy servitutni belgilash qoidalariga doir qo`shimchalar kiritildi.






