AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda aholisining 42 foizida yurak qon-tomir va qandli diabet kasalligi ko`paygan

'Qashqadaryoda aholisining 42 foizida yurak qon-tomir va qandli diabet kasalligi ko`paygan'ning rasmi

Prezidentimiz bu holatdan tashvish bildirib, sog`lom turmush tarzi targ`ibotini kuchaytirish va viloyatda sog`liqni saqlash tizimi salohiyatini oshirish zarurligini ta`kidladi. Jumladan, qo`shimcha ravishda rossiyalik hamkorlar bilan Kitobda zamonaviy kardiologiya markazini barpo etish topshirildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Viloyatda mobil poliklinikalar xizmati yo`lga qo`yiladi, viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazi negizida 600 o`rinli zamonaviy klinika tashkil qilinadi.

Yig`ilish davomida Qashqadaryoda investisiya, sanoat, turizm, qishloq va suv xo`jaligi hamda ijtimoiy sohada belgilab olingan asosiy vazifalar yuzasidan viloyat hokimi va boshqa mutasaddilarning rejalari tinglandi.
 

    Boshqa yangiliklar