Prezident ekinlarni suv bilan ta`minlash masalasi yildan yilga tobora qiyinlashib borayotganiga e`tibor qaratdi. Bu muammo Qashqadaryo uchun ayniqsa dolzarb. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Lekin suv tejovchi texnologiyalar 515 ming gektardan atigi 16 foizida joriy qilingan.
Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish sur`ati Kitob, Chiroqchi, Kasbi va Nishonda orqada. Koson, Mirishkor, Kasbi va Nishonda erni lazerli tekislashga e`tibor berilmayapti.
Shu bois, viloyatga 15 ta lazerli tekislash texnikasi olib kelinib, suv ta`minoti og`ir Koson, Mirishkor, Kasbi va Nishonda dehqonlarga arzon va sifatli xizmat ko`rsatish yo`lga qo`yiladi.
Sug`orish tarmog`ini bosqichma-bosqich yopiq tizimga o`tkazib, 30 foiz suvni tejash mumkinligi ko`rsatib o`tildi.
Shu munosabat bilan mutasaddilarga 50 kilometr kanallarni betonlash loyihasini boshlash, qo`shimcha nasos va texnika olish, “Paxtaobod” kanalini modernizasiya qilish bo`yicha topshiriqlar berildi.
25.10.2023 16:13
Prezident ekinlarni suv bilan ta`minlash masalasi yildan yilga tobora qiyinlashib borayotganiga e`tibor qaratdi






