Kelgusi yilda Qashqadaryoda ekin maydonlarining agrokimyoviy tuproq tahlilini o`tkazadigan 10 ta mobil laboratoriya tashkil qilinadigan bo`ldi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yana bir masala – viloyatda 1,4 million gektar yaylov bor. Bu – 7 million bosh qoramol va quy-echki uchun tabiiy ozuqa bazasi.
Lekin, Mirishkor, Muborak va Nishonda 20 foiz yaylov degradasiyaga uchragan, yana 25 foizida yashil qoplama yo`q.
Shu bois, kelgusi yilda 100 ming gektar yaylovni yashil ekinlar bilan qoplash dasturini amalga oshirish vazifasi qo`yildi.
Bunda qurg`oqchilik, issiq va cho`llanishga qarshi urug`chilik xo`jaliklari tashkil qilinadi, meva-sabzavot va dorivor o`simliklar ekiladi, ko`p yillik daraxtzorlar barpo qilinadi, suv tejovchi texnologiyalar joriy etiladi hamda quyosh energiyasida ishlaydigan nasoslar o`rnatilib, yomg`irlatib sug`orish pilot loyihasi ishga tushiriladi.
Bundan tashqari, Chorva mollari genetik tadqiqoti laboratoriyasi tashkil qilinib, Ispaniyaning “Assaf” qo`ylaridan yangi milliy zotlar ko`paytiriladi.
Mutasaddilarga 1,4 million gektar yaylovning elektron xaritasini yaratish va 100 ming aholini band qilish bo`yicha topshiriqlar berildi.
25.10.2023 16:03
Qashqadaryoda kelgusi yilda 100 ming gektar yaylovni yashil ekinlar bilan qoplash dasturi amalga oshiriladi






