AsosiyJamiyat

Qashqadaryo iqtisodiyoti faqatgina yirik korxonalarga qarab qolmasligi kerak — Prezident

'Qashqadaryo iqtisodiyoti faqatgina yirik korxonalarga qarab qolmasligi kerak — Prezident'ning rasmi

Davlat rahbari Qashqadaryo iqtisodiyoti faqatgina yirik korxonalarga qarab qolmasligi kerakligini ko`rsatib o`tdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Masalan, viloyatda iste`mol tovari ishlab chiqarishda o`sish sur`atlari respublika ko`rsatkichidan 3 barobar kam. Ayniqsa, kichik biznesning sanoatdagi ulushi eng oxirgi o`rinlarda.

Vaholanki, Qamashida sement, gips va marmar, Shahrisabzda grafit, Yakkabog`da kvars qumi, Chiroqchida marganes, Kitobda dolomit va chinni konlarini o`zlashtirib, ishlab chiqarishni 
karrasiga oshirish mumkin.

Bundan tashqari, Qashqadaryoda yiliga 150 ming tonna polietilen granulasi ishlab chiqarilsa-da, uni atigi 4 foizi viloyatning o`zida qayta ishlanadi. “Sho`rtangaz kimyo majmuasi” atrofidagi 200 gektar bo`sh erda 100 turdagi import mahsulotini ishlab chiqarishni yo`lga qo`ysa bo`ladi. 

Mutasaddilarga tadbirkorlar bilan uchrashib,  yirik sanoat korxonalari  bilan kooperasiya asosida 10 mingta ish o`rni yaratish topshirildi.

Umuman, Qashqadaryoda sanoat hajmini kelgusi yilda 40 trillion so`mga, eksportni 500 million dollarga etkazish belgilab olindi.

 

    Boshqa yangiliklar