Qarshi shahrida Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan o`tayotgan yig`ilishda oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo`jaligi vaziri etib tayinlanishi haqida e`lon qilindi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Eslatib o`tamiz Ibrohim Abdurahmonov 2023 yil boshidan buyon oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vaziri sifatida ishlab kelayotgandi.






