AsosiyJamiyat

"Vaqf" xayriya jamoat fondi tashkil etilgandan buyon qariyb 112 mlrd so`m mablag` moddiy-qo`llab-quvvatlash maqsadida xayriya qilindi

'"Vaqf" xayriya jamoat fondi tashkil etilgandan buyon qariyb 112 mlrd so`m mablag` moddiy-qo`llab-quvvatlash maqsadida xayriya qilindi'ning rasmi

'Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan joriy yilning o`tgan 9 oyi davomida O`zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi masjidlarda faoliyat olib borayotgan imom-xatiblar, noib-imomlar, mutavallilar, muazzinlar va ziyoratgohlar xodimlari uchun 17 mlrd 122 mln so`m sarflangan. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Jamoat fondi Axborot xizmati rahbari Saidabror Umarov ma`lum qildi.

Unga ko`ra: 

– 2018 yilda        38 mln so`m;

– 2019 yilda        3 mlrd 670 mln so`m;

– 2020 yilda        39 mlrd 225 mln so`m;

– 2021 yilda        30 mlrd 614 mln so`m;

– 2022 yilda        21 mlrd 83 mln so`m;

– 2023 yilning o`tgan 9 oyi davomida 17 milliard 122 million so`m;

Shundan, tibbiy muolaja, farzandlarining o`quv shartnoma to`lovlari, uyi yongan va boshqa zaruriy holatlar yuzasidan fondga murojaat qilgan masjidlar va fondga biriktirilgan ziyoratgohlar xodimlariga:     

– 2018 yilda          10 mln 107 ming so`m;

– 2019 yilda          161 mln 125 ming so`m;

– 2020 yilda          144 mln 265 ming so`m;

– 2021 yilda          53 mln 700 ming so`m;

– 2022 yilda      546 mln 700 ming so`m;

– 2023 yilning o`tgan 9 oyi davomida 560 million so`m;

Jami, 1 mlrd 475 mln 897 ming so`m mablag`lar xayriya sifatida taqdim etilgan.  

Umumiy hisobda fond tashkil topgandan bugunga qadar 111 mlrd 751 mln so`mdan ziyod mablag` masjidlar va fondga biriktirilgan ziyoratgohlar xodimlarini moddiy qo`llab-quvvatlash maqsadida sarflangan.

“Kelgusida bu yo`nalishda yanada keng ko`lamli xayriya loyihalarini amalga oshirish rejalashtirilgan”,- deydi Saidabror Umarov.

    Boshqa yangiliklar