AsosiyJamiyat

O`zbekistonda tomorqasi katta xonadonlarda nafaqa olish imkoniyati ko`paymoqda

'O`zbekistonda tomorqasi katta xonadonlarda nafaqa olish imkoniyati ko`paymoqda'ning rasmi

Mamlakatimizda aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo`llab-quvvatlashni kuchaytirish, davlat tomonidan ko`makka muhtoj fuqarolarga amaliy yordam ko`rsatish yunalishida bir kator tizimli isloxotlar amalga oshirilmokda.  

Ushbu ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoya yagona reestri axborot tizimi orqali kam ta`minlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash bo`yicha elektron ko`rinishda ariza berishni joriy etish to`g`risida”gi qarori loyixasi ishlab chiqildi.  

Mazkur xujjat bilan kam ta`minlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordam(ijtimoiy nafaqa) tayinlash va to`lash tartibiga o`zgartirish kiritilishining sabablari quyidagilardan iborat.

Kam ta`minlangan oilalarga bolalar nafaqasi yoki moddiy yordam tayinlash uchun oilaning voyaga etgan barcha mehnatga layoqatli a`zosini rasmiy ish bilan band bo`lishi talab etiladi. Agar oilaning mehnatga layoqatli a`zosidan biri rasmiy ish bilan band bo`lmasa nafaqa yoki moddiy yordam tayinlash rad etiladi.

Bunda, amaldagi tartib bo`yicha oilaning tomorqa er maydoni mavjud bo`lganda har 4 sotix erga bir oila a`zosi avtomatik ravishda band deb belgilanadi hamda rasmiy daromad talab etilmaydi.

Hozirda 326 ming tadan ortiq oilalarga aynan oila a`zolari avtomatik ravishda band deb belgilanganligi sababli nafaqalar tayinlangan.  

Lekin shuni alohida ta`kidlash lozimki, ushbu oilalarning a`zolari ishga joylashish, faoliyatlarini yakka tartibdagi tadbirkor yoki o`zini o`zi band qilish orqali rasmiylashtirish choralarini ko`rishmagan.

Natijada, amaliyotda o`ziga to`q katta xovliga ega bo`lgan yoki tomorqasidan umuman foydalanmagan oilalarga ham nafaqa tayinlanishi hamda aholi o`rtasida tizimga nisbatan ishonch kamayishiga sabab bo`lmoqda.

Misol uchun, 3 farzandlik oilaning 8 sotix er maydoni mavjud va er-xotin norasmiy daromad oladi. Bunda, er va xotindan bandlik talab etilmaydi va 8 sotix er uchun 274,4 ming so`m normativ daromad hisoblanadi. Normativ daromad oiladagi bir kishi (54,8 ming so`m) uchun eng kam iste`mol xarajatidan kam bo`lganligi sababli nafaqa tayinlanadi.

Kiritilayotgan o`zgartirishlarga ko`ra, oilaning tomorqa er va/yoki dehqon xo`jaligi maydonida faqat oilaning bir ishsiz a`zosini avtomatik ravishda “band” sifatida qabul qilinib, keyingi a`zolarini faoliyatini rasmiylashtirishi talab etilmoqda.  

Amaldagi tartibga muvofiq, tomorqada band bo`lgan fuqarolar ihtiyoriy ravishda soliq organida o`zini-o`zi band qilgan shaxs sifatida ro`yxatdan o`tish tartibi mavjud. Bunda, o`zini-o`zi band qilgan sifatida ro`yxatdan o`tgan fuqaroga bir yilda bazaviy hisoblash miqdorining 1 barobari (330 ming so`m) ijtimoiy soliq to`lagan taqdirda nafaqa tayinlashda “band” sifatida qabul qilinadi hamda pensiya hisoblashda 1 yillik ish stajiga ega bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar