AsosiyJamiyat

Qishloq xo`jaligi vaziri Aziz Voitov lavozimidan ozod etilgani, Zoyir Mirzaev vazir bo`lishi haqida xabarlar tarqalmoqda

'Qishloq xo`jaligi vaziri Aziz Voitov lavozimidan ozod etilgani, Zoyir Mirzaev vazir bo`lishi haqida xabarlar tarqalmoqda'ning rasmi

Qishloq xo`jaligi vaziri Voitov Aziz Botirovich lavozimidan ozod etilgani aytilmoqda. Bu haqdagi xabarlar ijtimoiy tarmoqdagi bir nechta ishonchli shaxslar sahifalarida va bloklarda paydo bo`ldi. Biroq ayni paytga qadar vazir ishdan olingani yoki yangi lavozimga tayinlangani haqida rasmiy ma`lumot e`lon qilinmagan.

Ushbu xabarlar ortidan, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev qishloq xo`jaligi vaziri etib tayinlanayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Biroq mazkur xabarlar viloyat hokimligi matbuot xizmati tomonidan rad etildi. 

"Bu gaplar haqiqatga to`g`ri kelmaydi. Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev ayni paytda o`z ishini davom ettirmoqda va kun tartibiga muvofiq, belgilangan vazifalar, chora-tadbirlar ijrosi bilan band.

Tasdiqlanmagan axborotlarni tarqatish qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo`lishini eslatamiz", - deyiladi hokimining matbuot kotibi Behzod Qobulov xabarida. 

    Boshqa yangiliklar