21 oktyabr kuni "Aeroflot" aviakompaniyasining SU-1870 reysi bilan Moskva-Toshkent yo`nalishida parvoz qilgan O`zbekiston fuqarosi Toshkent xalqaro aeroportida qo`lga olindi, deb xabar berdi IIV Transport va turizm ob`ektlari xavfsizligini ta`minlash boshqarmasi matbuot xizmatiga tayanib "Gazeta.uz".
Ma`lum qilinishicha, Surxondaryo viloyatida tug`ilgan erkak jamoat tartibini buzib, behayo so`zlarni ishlatgan, yo`lovchilar va bort kuzatuvchilarga xalal bergan.
24 oktyabr kuni Sergeli tuman sudi ishni ko`rib chiqib, unga nisbatan BHMning 3 baravari (990 ming so`m) miqdorida jarima jazosini tayinladi.






