AsosiyJamiyat

Paxtachilik tadbirkorni qariyb 300 million so`mga “tushirmoqchi” bo`lishdi

'Paxtachilik tadbirkorni qariyb 300 million so`mga “tushirmoqchi” bo`lishdi'ning rasmi

“K.G.2020” (qisqartirildi) oilaviy korxonasi hamda Payariq tuman Obodonlashtirish boshqarmasi o`rtasida joriy yil 1 iyunida shartnoma  imzolangan bo`lib, unga ko`ra, korxona bir yillik109 000 dona umumiy qiymati 247 430 000 so`mlik manzarali gullar etkazib bergan. Biroq, obodonlashtirish boshqarmasi bugungacha shartnoma shartlarini bajarmagan.  Bu haqda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi  Darakchi.uz`ga ma`lum qildi.

“Qo`l bilan berib, oyoq bilan yuguraman” deganlaridek, ham xizmat ko`rsatib, ham o`rtada sarson bo`lgan oilaviy korxona rahbari O`.Sh. Paxtachi tuman adliya bo`limiga qonuniy huquqlarini tiklashda yordam so`rab murojaat qildi.  

Murojaatni o`rganish davomida, boshqarma mas`ullari chindan ham tadbirkor xizmatidan foydalanib, unga tegishli xizmat haqini to`lab bermagani o`z isbotini topdi. Ya`ni, shartnomaning 2.11-bandida etkaziladigan “tovarlar” uchun oldindan to`lov miqdori 30 foizni tashkil etib, qolgan 70 foiz qismi “tovarlar” to`liq etkazib berilgandan so`ng to`lanishi belgilangan. Ammo tadbirkor belgilangan muddatidan oldin shartnoma shartlarini bajargan bo`lishiga qaramay, shartnomada nazarda tutilgan pul mablag`lari to`lab berilmagan.  

Tuman adliya bo`limi javobgar Payariq tuman Obodonlashtirish boshqarmasi hisobidan tadbirkor foydasiga jami 247 430 000 so`m muddati o`tgan qarzdorlik mablag`ini undirib berishini so`rab Payariq tumanlararo iqtisodiy sudiga da`vo arizasi kiritdi hamda sud qarori asosida tadbirkorning huquqlari tiklanishiga erishildi.

 

 

    Boshqa yangiliklar