G`azodagi Falastin kasalxonasining ginekologi Fadiya Malxisning xabar berishicha, yangi tug`ilgan chaqaloqlar uchun zarur dori-darmonlar tugab bormoqda.
“8 soatdan keyin elektr quvvati tugaydi va bu bolalar halok bo`ladi. Hatto toza suv ham yo`q, sizdan iltimos, bu bolalarni qutqaring. Toza suv, isitish, oziq-ovqat yo`q. Agar shoshilinch yordam ko`rsatilmasa, bolalar nobud bo`ladi, - deydi shifokor.
Malxis o`zi ishlayotgan shifoxonaning neonatal bo`limidagi vaziyat haqida gapirib berdi.
Mavjud ekstremal vaziyat tufayli erta tug`ilishlar tez-tez sodir bo`lishini ta`kidlagan.
“Yangi tug`ilgan chaqaloqlar inkubatorlarda. Yoqilg`i kam, bu bo`lim quyosh energiyasi bilan ishlaydi, lekin quyosh har doim ham mavjud emas. Agar yaqin bir necha soat ichida yoqilg`i kelmasa, bu bolalar nobud bo`ladi. Inkubatorlar ishlashi uchun elektr energiyasi talab qilinadi. Agar chaqaloqlar uchun issiq ta`minlanmasa, ular sovuqdan o`lishadi."
Malxis yangi tug`ilgan chaqaloqlar uchun zarur bo`lgan dori-darmonlar tugab qolganini aytdi. Uning qo`shimcha qilishicha, reanimasiya bo`limidagi bolalar ayniqsa xavf ostida.





