AsosiyJamiyat

Turkiyaning "Sunexpress" kompaniyasi Izmirdan Samarqandga parvozlarni yo`lga qo`ymoqda

'Turkiyaning "Sunexpress" kompaniyasi Izmirdan Samarqandga parvozlarni yo`lga qo`ymoqda'ning rasmi

Turkiyaning "Sunexpress" aviakompaniyasi Izmir – Samarqand – Izmir yo`nalishi bo`yicha muntazam yo`lovchi qatnovlarini yo`lga qo`yadi. 

Shaharlar o`rtasida parvozlar 2023 yilning 12 noyabrida boshlanishi rejalashtirilgan. Parvozlar haftasiga uch marta dushanba, payshanba va shanba kunlari muntazam ravishda Boeing-737 tipidagi samolyotlarda amalga oshiriladi.

"Sunexpress" aviakompaniyasi Antaliyada (Turkiya) joylashgan bo`lib, Turkiya va Evropa bo`ylab muntazam va charter asosida yo`lovchi reyslarini amalga oshiradi.

    Boshqa yangiliklar