AsosiyDunyo

AQShda 158 ta avtomobil to`qnashdi. 7 kishi halok bo`ldi

'AQShda 158 ta avtomobil to`qnashdi. 7 kishi halok bo`ldi'ning rasmi

Luizana polisiyasi ma`lumotiga ko`ra, jabrlanganlar soni yanada oshib ketishi mumkin. 

AQShning Luiziana shtatida sodir bo`lgan yirik yo`l-transport hodisasi oqibatida etti kishi halok bo`ldi, 25 kishi jarohat oldi, deya xabar beradi shtat polisiyasi.

"Dastlabki surishtiruvlar YTHda kamida 158 ta avtomobil ishtirok etganini aniqladi. 7 kishining o`limi tasdiqlandi. 

25 dan ortiq odam turli darajadagi tan jarohati olib, hududdagi shifoxonalarga etkazildi", — deyiladi polisiyaning X (sobiq Tvitter) ijtimoiy tarmog`idagi bayonotida.

Luizana polisiyasi ma`lumotiga ko`ra, jabrlanganlar soni yanada oshib ketishi mumkin. Hodisa oqibatida yo`llarda ulkan tirbandliklar vujudga keldi. 

NBC telekanali xabariga ko`ra, avariyaga quyuq tuman sabab bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar