Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar rivoji, aholi turmushi bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga jo`nab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar ilmoqda.
Tashrif davomida sanoat korxonalari, ta`lim va tibbiyot muassasalari, mahallalarda bo`lish rejalashtirilgan. Shuningdek, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha yil yakunigacha va kelgusi yilda amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan yig`ilish o`tkazish ko`zda tutilgan.






