Dunyodagi eng keksa it sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan Bobi Portugaliyada 31 yoshida vafot etdi. Bu haqda jahon rekordlar kitobi saytida e`lon qilingan xabarda aytiladi.
"Bobi 31 yilu 165 kun yashadi. U 21 oktyabr kuni Portugaliyaning Kokeyros qishlog`idagi uyida olamdan o`tdi va butun umri davomida Kosta oilasi bilan birga yashadi", - deyiladi xabarda.
Qo`riqchi iti 1992 yil 11 mayda tug`ilgan. Bobi shu yilning fevral oyida 30 yoshida Ginnesning rekordlar kitobiga kirgan edi. Uning zotidagi itlarning o`rtacha umr ko`rish 12 dan 14 yilgacha.
Rekordlar kitobiga ko`ra, bundan avval eng uzoq umr ko`rgan rekordchi Avstraliyaning janubi-g`arbiy qismida 29 yil yashagan.





