AsosiyDunyo

28 yoshli O`zbekiston fuqarosi yapon qiziga tegajog`lik qilgani uchun Tokioda qo`lga olindi(video)

'28 yoshli O`zbekiston fuqarosi yapon qiziga tegajog`lik qilgani uchun Tokioda qo`lga olindi(video)'ning rasmi

Ahloqsiz 28 yoshli o`zbek Muhammad Habibullaev Tokiodagi avtobusda yarim soatcha qizga tegajog`lik qilgan.

 Qizning sukutini rozilik alomati deb qabul qilgan o`zbekistonlik fuqaro endi Yaponiya qonuni oldida javob beradi.

Bu haqda “Sukut saqlama” telegram kanali Yaponiya televideniesiga tayanib xabar bermoqda.

"Yaponiya telekanali reportajni QANDAY tayyorlaganiga e`tibor bering. Jinoyatchining yuzi yaqindan, bir necha marta ko`rsatildi. Yaponiya ommaviy axborot vositalari va jamiyati zo`ravonlarga toqat qilmasliklarini namoyish qilmoqda. Bizdagilarga o`xshab zo`ravon qo`lga olinganda hech kim yuzini "vijir-vijir" qilayotgani yo`q.

Zo`ravonlarga nisbatan murosasizlik mana shunday bo`lishi kerak. Bolalarga qarshi jinoyat sodir etgan har qanday odam butun mamlakat bo`ylab "mashhur" bo`lishi haqida bilib qo`yishi shart", deyiladi "Suqut saqlama" kanalida.

    Boshqa yangiliklar