Bugun AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi administratori Samanta Pauer boshchiligidagi delegasiya Toshkent shahridagi 5-son maktabiga tashrif buyurdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligi xabar berdi.
Tashrif davomida Samanta Pauer ingliz tili darsida qatnashib, yangi metodikalar hamda USAID ko`magida yaratilgan yangi avlod ingliz tili darsliklaridan o`quvchilarning olgan tassurotlari bilan tanishdi.
Shuningdek o`quvchilar bilan suhbat jarayonida ularning qiziqishlari va kelajakda o`zlashtirmoqchi bo`lgan kasblari haqida suhbatlashdi.
Tashrif yakunida Samanta Pauer kelgusida ham USAID tomonidan O`zbekistonda ta`lim islohotlari har tomonlama qo`lab-quvvatlanishini bildirdi.






