AsosiyJamiyat

Misrdan gepatit C ga qarshi dori vositalarining 16-partiyasi O`zbekistonga olib kelindi

'Misrdan gepatit C ga qarshi dori vositalarining 16-partiyasi O`zbekistonga olib kelindi'ning rasmi

Misr hukumati tomonidan O`zbekiston uchun insonparvarlik yordami tariqasida ajratilgan S gepatitiga qarshi "Sofosbuvir-400mg" dori vositasining navbatdagi turkumi Toshkentga jo`natildi. Bu haqda "Dunyo" AA muxbiri xabar bermoqda.

"Sofosbuvir-400mg" dori vositasining navbatdagi turkumini O`zbekistonga jo`natish bo`yicha kelishuv joriy yil 3 oktyabr kuni hukumat diplomatlarining Misr sog`likni saqlash vazirining o`rinbosari Muhammad Hasaniy bilan olib borgan samarali muzokaralari natijasidir.

Muhammad Hasaniy muloqot chog`ida mamlakatimizda S gepatitidan davolanayotgan bemorlarga ko`mak berishni davom ettirish uchun Misr Sog`likni saqlash vazirligida joriy loyihani davom ettirishdan mamnunligini va gumanitar yordamning 16-turkumi doirasida S gepatitiga qarshi "Sofosbuvir-400mg" dori vositalarini etkazib berilishini bildirdi.

Umumiy qiymati 38 ming 456 AQSh dollariga teng bo`lgan 3680 dona "Sofosbuvir-400mg" dori vositalari 21 oktyabr kuni Sharm ash-Shayxdan Toshkentga "UzAirways" AJ ko`magida etkazib berildi.

    Boshqa yangiliklar