AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 9 oyda 8227 nafar mansabdor shaxs ma`muriy javobgarlikka tortildi — Adliya vazirligi

'O`zbekistonda 9 oyda 8227 nafar mansabdor shaxs ma`muriy javobgarlikka tortildi — Adliya vazirligi'ning rasmi

Adliya vazirligining hay`at majlisida 2023 yilning 9 oyi davomida adliya organlari va muassasalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar, yo`l qo`yilgan kamchiliklar va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi. Bu haqda "darakchi.uz"ga vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, o`tgan davrda Adliya vazirligi tashabbusi bilan 130 ta, shu jumladan 33 ta qonun, 34 ta Prezident hujjatlari, 46 ta Hukumat hujjatlari, 12 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilgan. Kelib tushgan jami 93,4 mingta murojaatlarning 76,3 mingtasi ya`ni 82 foizi qonuniy hal etilgan. 

Qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish bo`yicha davlat organlari va tashkilotlariga ko`rilgan ta`sir choralar natijasida ularning 8 227 nafar mansabdor shaxslar ma`muriy, 5 438 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Jismoniy va yuridik shaxslarning manfaatlarida sudlarga kiritilgan 425 mlrd. so`mlik da`volar (arizalar) qanoatlantirilgan.  

Davlat xizmatlarini ko`rsatish markazlari tomonidan esa o`tgan yilning shu davriga nisbatan 14%ga ko`p, ya`ni 9,6 mln. dan ortiq davlat xizmatlari ko`rsatilgan.

Shu bilan birga, sohadagi ayrim muammolar mavjudligi, jumladan, murojaatlar bilan ishlashda ayrim rahbarlarning qat`iyatsizligi va huquqni qo`llash sohasidagi muammolarni hal etishda tizimli yondashuvdagi ayrim kamchiliklar mavjudligi ta`kidlanib, ularning bartaraf qilish bo`yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Yig`ilish yakunida, vazir tomonidan bir qator vazifalar belgilab berildi.

 

 

    Boshqa yangiliklar