AsosiyJamiyat

Toshkent metrosining Yunusobod yo`nalishida poezd to`xtab qoldi

'Toshkent metrosining Yunusobod yo`nalishida poezd to`xtab qoldi'ning rasmi

Bugun, 23 oktyabr sanasi soat 09:46 lar atrofida Toshkent metrosining Yunusobod yo`nalishida poezd to`xtab qoldi. Vaziyatga "Toshkent metropoliteni" izoh berdi. 

Ma`lum qilinishicha, Shahriston metro bekatining aylanma yo`lidan harakatga chiqishi lozim bo`lgan 64-sonli harakat tarkibining havo kompressorida texnik nosozlik holati aniqlangan.

Holat yuzasidan tezkor ko`rilgan chora tadbirlar natijasida ushbu harakat tarkibi soat 10:17 da harakatlana boshlagan. Bu esa, yo`nalishda belgilangan vaqt intervallari uzayishiga olib kelgan.

Hozirgi vaqtda poezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda.

"Keltirilgan noqulaylik yuzasidan yo`lovchilardan uzr so`raymiz", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar