Isroilning G`azo sektoridagi harbiy amaliyoti bir oydan uch oygacha davom etishi mumkin. Bu haqda Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant ma`lum qildi.
Uning so`zlariga ko`ra, bu Isroilning anklavdagi so`nggi quruqlikdagi operasiyasi bo`lishi kerak, buning natijasida Falastinning Hamas radikal tashkiloti butunlay yo`q qilinishi kerak.
“Bu G`azodagi so`nggi manevrlar bo`lishi kerak, chunki ulardan keyin XAMAS bo`lmaydi. Bunga bir oy, ikki oy, uch oy kerak bo`ladi, lekin oxir-oqibat endi XAMAS bo`lmaydi”, — dedi vazir Tel-Avivdagi Isroil havo kuchlari qo`mondonlik markazida chiqishi chog`ida.
Vazirning qo`shimcha qilishicha, hozircha Isroil harbiy-havo kuchlari G`azo sektoriga quruqlikdagi bo`linmalarning kirib kelishi uchun zamin tayyorlash uchun mo`ljallangan yirik havo hujumlarini amalga oshirishda davom etmoqda.





