AsosiyJamiyat

Navoiyda noqonuniy mayning fermasi fosh etildi

'Navoiyda noqonuniy mayning fermasi fosh etildi'ning rasmi

Navoiy viloyatida davlat manfaatlariga 24 mlrd so`mlikdan ziyod zarar keltirgan noqonuniy mayning fermasi faoliyati to`xtatildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Energetika vazirligi huzuridagi “O`zenergoinspeksiya” tomonidan Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi qurilishi tugallanmagan binoda o`tkazilgan nazorat tadbirida mayning qurilmalaridan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Xususan, fuqaro R.E.I. ga tegishli, umumiy iste`mol quvvati 840,4 kVtni tashkil etadigan mayning qurilmalari quvvati 630 kVAga teng 2 ta transformatorga o`zboshimchalik bilan ulangan.

Holat bo`yicha dalolatnoma rasmiylashtirilib, 24 mlrd 415 mln 300 ming so`m qayta hisob-kitob qilindi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar