AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken agar Livan Isroil va HAMAS o`rtasidagi urushga aralashsa, zarar ko`rishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda AQSh Davlat departamenti spikeri Metyu Miller ma`lum qildi, deya xabar bermoqda Zamon.uz.
Uning ta`kidlashicha, Blinken Livan muvaqqat bosh vaziri Najib Mikati bilan AQSh Livan xalqini qo`llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlash uchun gaplashgan va Livan janubiy chegarasida keskinlik kuchayib borayotganidan xavotir bildirgan.
Blinken mojaroda fojiali tarzda halok bo`lgan livanlik tinch fuqarolarning oila a`zolariga hamdardlik bildirdi hamda Livan barqarorligi va hududiy yaxlitligining yagona qonuniy kafolati bo`lgan mamlakat qurolli kuchlari va ichki xavfsizlik kuchlarini Qo`shma Shtatlar qo`llayotganini eslatib o`tdi.






