"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun kunduzi O`zbekiston bo`yicha havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kechga tomon Navoiy viloyatida ba`zi joylarda yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho`l hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 20-25° bo`ladi.
Poytaxtda havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-24° bo`ladi.
Tog`li hududlarda yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° bo`ladi.






