Sankt-Peterburgda migrantlar o`rtasidagi mushtlashuvdan so`ng mahalliy muassasa ishini to`xtatdi.
Ma`lum qilinishicha, kafeda dam oluvchilar orasida yagona bo`lgan ayol uchun janjallashgan, ko`p o`tmay mojaro mushtlashuvga aylanib ketgan.
Polisiyachilar kelishmovchilikni to`xtatish uchun o`z vaqtida etib kelgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari jami 12 nafar O`zbekiston fuqarosini bo`limga olib ketishgan. Ular orasida mojaro boshlangan 11 erkak va 34 yoshli ayol ham bor. Mushtlashuvdan so`ng ikki fuqaro tibbiy yordamga muhtoj bo`lgan.
Mazkur holat yuzasidan "Bezorilik" moddasi bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Shuningdek, tergov davomida gumonlanuvchilarning bir nechtasi immigrasiya qonunchiligini buzgani ma`lum bo`ldi. Ular ma`muriy javobgarlikka tortildi.






