G`azo sektorining Misrga yagona eshigi bo`lgan Rafah chegara eshigi ochiqligi e`lon qilindi. Misr tomonining ma`lum qilishicha, Isroil mintaqaga gumanitar yordam olib kirishiga ruxsat bermayapti.
Misr Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Ahmed Abu Zeyd, Rafah nazorat punktidagi mavjud vaziyat va G`azoga yuborilishi rejalashtirilayotgan insonparvarlik yordami haqida yozma bayonot berdi.
Abu Zaydning aytishicha, Misr Isroil va Falastin o`rtasidagi ziddiyat boshlanganidan beri G`arb matbuoti tomonidan hujumga uchragan.
“G`arb ommaviy axborot vositalari deportasiya ssenariysini qo`llab-quvvatlamoqda. Isroil chegara punktini (Falastin tomonidan) 4 marta o`qqa tutgan va yordam olib kelishdan bosh tortganiga qaramay, Misrni chegara punktini yopishda ayblamoqda”, — dedi Abu Zayd.
Misr Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibining bayonotiga ko`ra, “Rafah chegara punkti ochiq, biroq Isroil G`azoga yordam kiritishga ruxsat bermayapti. Bugun Misr uchinchi davlat fuqarolarini evakuasiya qilishda ayblanmoqda. Chegara punkti ochiq va Misr evakuasiyaga to`sqinlik qilgani uchun javobgar emas”.
21 oktyabr kuni Misr poytaxtida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan “Qohira tinchlik sammiti”ni eslatgan Abu Zeyd, ertangi sammit to`g`ri yo`lga kirish uchun imkoniyat ekanligini ta`kidladi.






