AsosiyJinoyat

Chirchiq shahrida maktab o`quvchisiga tegajonlik qilgan 52 yoshli erkak besh sutkaga qamaldi

'Chirchiq shahrida maktab o`quvchisiga tegajonlik qilgan 52 yoshli erkak besh sutkaga qamaldi'ning rasmi

10 oktyabr kuni soat 11:00larda 52 yoshli E.N ko`chada ketayotgan voyaga etmagan maktab o`quvchisiga shahvoniy harakatlar qilib, tegajonlik qilgan. Voqea Toshkent viloyati, Chirchiq shahrida yuz bergan, deya xabar bermoqda Darakchi.uz`ga Oliy sud matbuot kotibi.

Ushbu holat yuzasidan 2023 yil 18 oktyabr kuni Qibray tuman sudida ochiq sud majlisi bo`lib o`tdi. 

Unda E.N, qilgan ishini tan olgan va ahloqsizligidan pushaymonligini aytib, suddan unga nisbatan engillik berishni so`radi.

Sud, erkakni jamiyatdan ajratmagan holda ahloqan tarbiyalash mumkin emas deb hisoblab, 5 (besh) sutkaga ma`muriy qamoq jazosi tayinlashni lozim deb topdi.

 

    Boshqa yangiliklar