AsosiyJamiyat

Prezident suv xo`jaligi sohasi mutasaddilarini tanqid qildi

'Prezident suv xo`jaligi sohasi mutasaddilarini tanqid qildi'ning rasmi

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida o`tayotgan videoselektor yig`ilishida suv muammosi kun sayin dolzarb bo`lib borayotgani ta`kidlandi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.

So`nggi ikki yilda suv xo`jaligiga, jumladan suv tejovchi texnologiyalarga katta miqdorda subsidiya ajratilgan.

Lekin o`tgan yili iste`mol qilingan 39 milliard kub metr suvning 36 foizi tuproq o`zanli kanal va ariqlarda yo`qolgani ko`rsatib o`tildi. 

Bundan tashqari, erlarning 70 foizi eski usulda sug`orilgani bois, 5-6 milliard kub metr suv behuda sarflanib, kollektorlarga tashlanayotgani aytildi.

Bugungi kunda 2,5 million gektar maydonni sug`orish uchun 5 mingdan ziyod nasos ishlatilib, yiliga 7 milliard kilovatt soat elektr sarflanadi. Lekin, 80 foiz nasoslar 35-40 yildan beri ishlatilib, o`z resursini o`tab bo`lgan.

Davlatimiz rahbari suv xo`jaligidagi bunday vaziyatdan chuqur tashvishdaligini qayd etib, soha mutasaddilariga qattiq e`tiroz bildirdi.

Kanallarni beton qilish orqali yo`qotishlarni kamaytirish, nasoslarni energiya tejamkoriga almashtirish, suv inshootlarida avtomatlashgan hisoblagich o`rnatish yuzasidan topshiriqlar berildi.

    Boshqa yangiliklar