AsosiyDunyo

Rossiyada urushda qatnashishdan bosh tortgan migrantlarni Rossiya fuqaroligidan mahrum etish taklif qilindi

'Rossiyada urushda qatnashishdan bosh tortgan migrantlarni Rossiya fuqaroligidan mahrum etish taklif qilindi'ning rasmi

Rossiya Tergov qo`mitasi raisi Aleksandr Bastrikin Rossiya fuqaroligiga ega migrantlar Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnashishdan bosh torsa, ularni fuqarolikdan mahrum etishni taklif qildi. Bu haqda u Rossiya harbiy etakchilari klubining harbiy-ilmiy konferensiyasida gapirdi, tegishli video Tergov qo`mitasi saytida e`lon qilindi.

“Maxsus harbiy operasiya davom etayotgan bir paytda, menimcha, ularni (migrantlarni) maxsus harbiy operasiyani o`tkazishga jalb qilish kerak. Agar sen Rossiya Federasiyasi fuqarosi sifatida harbiy burchingni bajarishga tayyor bo`lmasang, bunday shaxsni fuqarolikdan mahrum qilish to`g`risida qaror qabul qilish kerak”, — dedi Bastrikin.

Tergov qo`mitasi rahbari Rossiya pasportini olgan xorijliklarni jangovar harakatlarda ishtirok etishga jalb qilish haqida birinchi marta gapirayotgani yo`q.

2023 yil yanvar oyida u “Rossiyskaya gazeta”ga bergan intervyusida “maxsus harbiy operasiya vazifalarida qatnashish uchun fuqarolikka qabul qilingan shaxslarga ustuvorlik berish masalasini ko`rib chiqish” maqsadga muvofiq ekanini aytgandi.

Uning so`zlariga ko`ra, birgina 2022 yilning birinchi yarmida O`zbekiston, Tojikiston va Qirg`izistonning 60 mingdan ortiq sobiq fuqarolari Rossiya fuqaroligini olgan va “shu tariqa nafaqat huquqlar, balki ularni qabul qilgan davlatni himoya qilish bo`yicha konstitusiyaviy majburiyatlarni ham zimmasiga olgan”.

    Boshqa yangiliklar