AsosiyJamiyat

O`zbekistonda dam olish kunlari ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi

'O`zbekistonda dam olish kunlari ob-havo qanday bo`lishi ma`lum qilindi'ning rasmi

"O`zgidromet" dam olish kunlari uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. 

Ma`lum qilinishicha, ertaga, 21 oktyabr kuni shimoli-g`arbiy hududlardan bulutlilik O`zbekistonning barcha hududlariga tarqaladi. Navoiy va Buxoro viloyatlarida kechasi va ertalab, qolgan hududlarda kun davomida ba`zi joylarda jadalligi birozdan o`rtachagacha bo`lgan yomg`ir yog`adi. Respublikaning shimoli-g`arbiy hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi.

22 oktyabr, yakshanba kuni respublikaning ko`pchilik hududlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Faqat Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatida va kechga tomon Navoiy viloyatida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to`zon bilan kuzatildi.

Dam olish kunlari havo harorati kechalari 7-12 daraja, kunduz kunlari 18-23 daraja atrofida bo`ladi.

Poytaxtda: 20-22 oktyabr kunlari havo biroz bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan o`zgarib turadi, asosan yog`ingarchilik kutimaydi, faqat 21 oktyabrda kunning ikkinchi yarmida biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 10-13 daraja, kunduz kunlari 20-23 daraja bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar