Avvalroq, Qozog`istonda 60 nafardan ortiq o`zbekistonlik qullikda ishlatib kelinayotgani ma`lum bo`lgan edi.
O`zbekistonlik fuqarolarning Qozog`iston hududida noqonuniy ushlab turilganligi hamda ularning majburiy mehnatga jalb qilinganligi yuzasidan aniqlangan holat Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish Milliy komissiyasi tomonidan nazoratga olindi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar qildi.
Qayd etilishicha, holat ikki davlat huquq tartibot organlari tomonidan hamkorlikda o`rganilishi, aybdor shaxslarga nisbatan huquqiy baho berilishi ta`minlanadi.
Bundan tashqari, mazkur holatdan jabrlangan shaxslarning shaxsiy hujjatlarini qaytarib olinishi, zarur holda qayta tiklanishi, yurtimizga qaytarilishi, zarur tibbiy, ijtimoiy, psixologik xizmat ko`rsatilishi hamda ularning O`zbekistonda ish bilan ta`minlanishi Milliy komissiya tomonidan qat`iy nazoratga olindi.
Holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot beriladi.






