Jo Bayden Amerika xalqiga Ukraina va Isroilni qo`llab-quvvatlash haqida murojaat qildi. Uning fikriga ko`ra, dunyo burilish nuqtasida, hozir qabul qilingan qarorlar kelgusi o`n yilliklarni belgilaydi. U Isroil va Ukrainani moliyalashtirish uchun juma kuni Kongressga favqulodda byudjet so`rovini yuborishga va`da berdi.
Shuningdek, Ukrainani qo`llab-quvvatlash borasida:
▪️ Ukrainaga yordam - bu kelajak avlodlarga dividend olib keladigan “aqlli sarmoya”;
▪️ Amerika qo`shinlarini Ukrainadagi janglarda qatnashish uchun yuborish hali ham rejalashtirilmagan;
▪️ Qo`shma Shtatlar Amerika armiyasining Rossiya armiyasiga qarshi jang qilishini xohlamaydi, dkgan fikrlarni bildirdi AQSh rahbari.
Isroilni qo`llab-quvvatlash borasida esa:
▪️ Isroil hukumati g`azabdan ko`r bo`lmasligi kerak;
▪️ AQSh yordami Isroil har qachongidan ham kuchliroq ekanligini ko`rsatadi va mojaroning tarqalishiga yo`l qo`ymaydi;
▪️ AQSh va hamkorlar Vashingtonning o`ziga foyda keltiradigan Yaqin Sharq uchun yaxshiroq kelajak sari harakat qilmoqda;
▪️ Isroil va Falastin o`rtasidagi mojaroni ikki davlat asosida hal qilish vazifasidan voz kechib bo`lmaydi, degan tashabbuslarni ilgari surdi Bayden.






